Chorshanba, 24.04.2024, 03:00
Futbol Olami Yangiliklari
 
Menu

Chat

So'rovnoma
Bu yil Ispaniya La-Ligasida qaysi jamoa g'olib chiqadi?
Jami ovozlar: 29

Bosh sahifa » 2007 » Dekabr » 30 » Arsenal 2008-yilni peshqadam sifatida kutib oladi
Arsenal 2008-yilni peshqadam sifatida kutib oladi
21:12
Arsenal 1-o'rinArsenal Everton ustidan 4-1 hisobida qozonilgan g'alaba tufayli 2008-yilni Angliya Premyer ligasi peshqadami sifatda kutib oladigan bo'ldi. Bunga eng asosiy sabab Manchester Yunaytedning West Hem bilan bo'lgan o'yindagi sensatsion 2-1 hisobidagi mag'lubiyati bo'ldi.
 
Manchester mag'lubiyati
Avvaliga Manchester kuchli ko'ringandi. O'yinning 14-daqiqasida Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu o'zining musobqadagi 13-to'pini West Hem davozasiga kiritib hisobni ochdi. Lekin 2-bo'limdagi Anton Ferdinandning(77) va Metyu Apsonning(82) gollari evaziga West Hem Manchesterni bu mavsumda 2-marta mag'lubiyatga uchrashiga sabab bo'ldi.
 
Arsenalning mag'lubiyatdan qutilib qolishi
O'yinning 1-bo'limi Everton ustunligi ostida kechdi. Buning natijasida 19-daqiqada Tim Kehill boshi bilan hisobni ochdi. Lekin 2-bo'limda Arsenal yana o'ziga kelishga ulgurdi. 47,58-daqiqalarda Eduardo da-Silva 2ta to'p kiritib Arsenalni oldinga olib chiqdi. Keyinchalik esa Emmanuel Adebayor(78) va Tomas Rosiskiy(90) kirtgan gollar o'yinga uzr kesil nuqta qo'ydi. 4-0.
 
Haloskor Kalu
3-o'rindagi Chelsi esa Stemford Bridjda Nyukasl Yunaytedni qabul qildi. Bu o'yinda Chelsini xushtak chalinishiga 3 daqiqa qolganida Kot di-Uarlik futbolchi Salomon Kaluning goli durrangdan qutqarib qoldi.
 
Bundan tashqari boshqa o'yinlar ham favoritlarnikidan qolishmadi. Ayniqsa Tottenhen Hotspur Riding ustidan 6-4 hisobida g'alaba qozondi. O'yinda Dimitar Berbatov 4 ta to'p kiritdi. Aston Villa esa Uigan Atletikni 2-1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Midlsbro ham Portsmutni 1-0 hiobida mag'lub etib, o'zi uchun juda muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Sanderland Boltonni 3-1 hisobida yutib 19-o'rindan 17-o'ringa chiqib odi. Birmingem va Fulhem esa 1-1 hisobi bilan ochkolarni bittadan bo'lishishdi. Garchi kuchli uchlikning bu turdagi o'rni kecha aniq bo'lib bo'lgan bo'lsa-da bugun qolgan bir nechta jamoalarning o'yinlari bo'lib o'tadi.
 Fursatdan foydalanib hammangizni kirib kelayotgan 2008-yil binal tabriklamoqchiman. Yangi yil hammangizga baxt-saodat, sihat-salomatlik, quvonch olib kelsin.
 
 
Turnir jadvali esa quyidagicha tus olgan:
 
O'rin|      Jamoa |O'yin |Ochko

1 Arsenal 20 47
2 Manchester Yunayted 20 45
3 Chelsi 20 41
4 Liverpul 18 36
5 Manchester Siti 19 35
6 Everton 20 33
7 Aston Villa 20 33
8 Portsmut 20 31
9 West Hem 19 29
10
Blekbern
19 27
11 Nyukasl 20 26
12 Totenhem 20 24
13 Riding 20 22
14 Midlbsro 20 20
15 Birmingem Siti 20 19
16 Bolton 20 17
17 Sanderlend 20 17
18 Uigan Atletik 20 16
19 Fulhem 20 15
20 Derbi Kaunti 19 7
 
O'qishlar soni
: 2330 | Joylashtirdi: Komoliddin_Nigmatullayev | Reyting: 3.0/1 |
Jami izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish

Yangiliklar taqvimi
«  Dekabr 2007  »
DuSeChoPaJuShaYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

Qidiruv

Do'stlarimiz

Statistika

Hozir saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024 Powered by Komol 007