Juma, 29.03.2024, 10:43
Futbol Olami Yangiliklari
 
Menu

Chat

So'rovnoma
Bu yil Ispaniya La-Ligasida qaysi jamoa g'olib chiqadi?
Jami ovozlar: 29

Bosh sahifa » 2008 » Yanvar » 11 » Bekhem mukofotlandi
Bekhem mukofotlandi
13:36
Devid Bekhem6-yanvar kuni Londondagi "Royal Lankaster" Mehmonxonasida 
"Futbol Yozuvchilari Mukofoti" taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Bu mukofot Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Robert Jozef Bekhemga topshirildi. Marosimda Angliya terma jamoasining sobiq murabbiyi Sven Yoran Errikson va Manchester Yunaytedning sobiq yulduzi Brayan Robsonlar so'zga chiqishdi. So'ngra Devidning o'zi ham o'z fikrini aytdi. "Bu mukofotni olish juda katta sharaf. Futbol yozuvchilari meni yoshligimdan, Manchesterda o'ynagan vaqtlarimdan boshlab kuzatib kelishadi. Ana shu, futbolni sevadigan va mutazam kuzatadigan odamlarning mukofotini olish juda yoqimli,"-dedi LA Geleksi yarim  himoyachisi. Shuningdek marosimda Devidning karyerasidagi eng yaxshi o'yinlari jamlangan film ham qo'yildi.
 Bu mukofot Devidning ajoyib karyerasi uchun berildi. Devid karyerasini 1992-yil Manchesterda boshlagan. U Manchesterda 394 ta o'yin o'tkazib, 85 ta gol urgan. 11 yil ichida juda ko'p sovrinlarni qo'lgakiritgan. 6 karra Angliya chempioni, 2 ta Angliya kubogi, 1 ta Angliya Supekubogi, 1 ta Chempionlar Ligasi kubogi va 1 ta Qit'alararo kubok. 2003-yilda esa Madridning Real klubiga o'tdi. 2007-yil esa Ispaniya La-Ligasi chempioni bo'ldi. 2007-yildan boshlab esa A.Q.Sh.ning "Los-Anjeles Geleksi" klubiga o'tdi va A.Q.Sh.da futbol rivojlanishiga juda katta xissa qo'shdi. Shuningdek u Amerika futboliga qo'shgan xissasi tufayli  2007-yildagi Los Anejelesning yil sportchisi nomiga sazovor bo'ldi.  Terma jamoada esa 2000-yil Angliya-Italiya o'yinidan boshlab 2006-yilgi jahon chempionati tugaguncha sardor sifatida 58 ta o'yin o'tkazdi. Terma jamoada jami 99 o'yin o'tkazgan. U xozirgi kunda afsonaviy "Uembli" stadionida bo'lib o'tadigan, Fabio Kapelloning debyuti, ya'ni Angliya-Shvetsariya o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, o'zining 100-o'yinini o'tkazis niyatida. Devid ana shu yutuqlari uchun bu mukofotga loyiq deb topildi. Unga kelajakda bundan-da yuksakroq yutuqlar tilab qolamiz.
Bekhemga "Futbol Yozuvchilari Mukofoti" sovrini topshirilayapti
 
Bekhem taqdirlash marosimida
O'qishlar soni
: 3128 | Joylashtirdi: Komoliddin_Nigmatullayev | Reyting: 4.5/2 |
Jami izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish

Yangiliklar taqvimi
«  Yanvar 2008  »
DuSeChoPaJuShaYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031

Qidiruv

Do'stlarimiz

Statistika

Hozir saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024 Powered by Komol 007