Juma, 26.04.2024, 11:33
Futbol Olami Yangiliklari
 
Menu

Chat

So'rovnoma
Chempinlar ligasida kim g'olib chiqadi?
Jami ovozlar: 32

Bosh sahifa » 2008 » Fevral » 14 » Realning superyulduzlari o'z jamoasiga sodiq!
Realning superyulduzlari o'z jamoasiga sodiq!
23:28
Raul va Kasilyas Realda qoldiMadridning Real klubi bugun 14-fevral kuni 2 ta juda muhim shartnoma imzoladi. Bu shartnomalarga ko'ra Madridliklar sardori Raul Gonzales va asosiy darvozabon Iker Kasilyaslar karyeralarini Realda tugatishadi desa ham bo'ladi.
 
 
 
Shartnomalar
30 yoshlik Real sardori Raul va 26 yoshdagi darvozabon Kasilyas ilkkalovini Realning so'nggi yillardagi g'alabalalarida juda katta xissalari bor. Shu vaqtgacha bu futbolchilar Realni yuziga aylanishdi. Klub prezidenti Ramon Kalderon bu xaqda shunday fikr bildirdi: "Avliyo Valentin kunida Iker va Raul shartnomani uzaytirishdi. Raulning shartnomasi 2010-yilgacha edi. Biz uni yana 1 yilga uzaytirdik va shartnomaga yana bir bandni ham qo'shib qo'ydik. Unga ko'ra agar Raul shartnomasi tugagan vaqtda 1 mavsumda kamida 30 ta o'yinda maydonga tushsa, unada shartnoma o'z-o'zidan yana uzayadi va bu degani Raul Realda qoladi degani. Kasilyasni shartnomasi esa 6 yilga uzaytirildi. Ya'ni 2016/17 mavsumga qadar. Shuningdek Kasilyasning shartnomasi ham Raulnikidek. Ya'ni u ham har mavsumda 30 tadan o'yin o'tkazsa, uning shartnomasi o'z-o'zidan uzayaveradi".
 
 
 
Raulning qarori
Raul 1994-yilda birinchi marta Real tarkibida maydonga tushgan. U Real bilan uch marta Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan.  U Chempionlar Ligasida 50 ta gol urgan birinchi o'yinchi. U milly chempionatda 5 marta chempion bo'lgan. Shuningdek u Ispaniya chempionatida 45 ta gol urgan va 102 ta o'yinda maydonga tushgan. Jamoa sardorining o'z fikri esa shunday: "Biz 5 daqiqada kelishuvga erishdik va bu jamoa mening ishimni qanchalik qadrlashini bildiradi. Men bor kuchimni shu jamoaga berib o'ynashga tayyorman. Men jamoaga va murabbiyga har mavsumda o'ynashni davom ettira olishimni isbotlashda davom etmoqchiman.
 
 
 
'Ro'yobga chiqqan orzu'
Ispaniya terma jamoasida 74 ta o'yin o'tkazgan Kasilyas Real tarkibida Ispaniya chempionatini 3 marta va Chempionlar Ligasini 2 marta yutgan. "Bu juda muhim kun. Men butun umr shu yerda o'ynaganman va meni qo'llab quvvatlaganlari uchun butun jamoaga minnatdorchilik bildiraman.  Yana bir orzuyim ushaldi, ya'ni men jamoada uzoq muddatga qolaman", -deb ta'kidlab o'tdi darvozabon.
Bu juftlik o'zlarining Yevrokuboklardagi o'yinlarini Seshanba kuni, Romaga qarshi Chempionlar Ligasining nimchorak final 1-uchrashuvida davom ettirishadi.
O'qishlar soni
: 3074 | Joylashtirdi: Komoliddin_Nigmatullayev | Reyting: 2.8/4 |
Jami izohlar: 1
1 Temurbek  
0
juda yaxshi habar!!!!!!!!!!!!!!!

Имя *:
Email *:
Код *:
Kirish

Yangiliklar taqvimi
«  Fevral 2008  »
DuSeChoPaJuShaYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829

Qidiruv

Do'stlarimiz

Statistika

Hozir saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Copyright MyCorp © 2024 Powered by Komol 007